Uning ruhini uyg'otdi: "Ey, banda, sen umringda zarra gunoh qilmading. Bas, yur senga jannat eshiklari ochiq. Men
tomon 4 qadam tashlasang kifoya!" Ruh tanadan qözg'aldi.
U tomirlariga turli tibbiy
asboblar ulangan, oppoq choyshablarga burkangan öz tanasiga bir zum termulib qoldi.
Keyin indamay farishta
tomonga bir qadam tashladi. Shunda uning ortidan yig'i ovozi eshitildi. "Bu kimning
yig'isi?",- farishtadan söradi ruh. -"Bu sening eng yaqin dösting. U sening ölimingdan 3
kun shunday yig'laydi". Ruh Allohdan döstiga uzoq umr söradi va farishta tomon yana
bir qadam tashladi. Shunda uning ortidan avvalgidan kuchliroq boshqa bir yig'i ovozi
eshitildi. "Bu kimning yig'isi?", - farishtadan söradi ruh. -"Bu sening ayoling. U ölimingdan
40 kun shunday yig'laydi". Ruh Allohdan ayoliga sabr-u saodat
tiladi va farishta tomon yana bir qadam tashladi. Shu mahalda unga jannat eshiklari
zohir böldi. Ruh jannat
gözalliklaridan lol qolib bir zum töxtab qoldi. Shunda uning ortidan boyagilaridan ön
chandon dardli yig'i eshitildi. "Bu kimning yig'isi?",- farishtadan söradi ruh. -"Bu sening onang. U ölimingdan
umrining söngigacha shunday yig'laydi". Ruh bir ortiga qaradi, bir jannat tomon qaradi. Söng farishtadan söradi: "Men sen b- n ketishni xohlamasamchi?" "U
holda senga yana jannatga kirish imkoni berilmasligi mumkin!" Ruh ortidan eshitilayotgan yurakni örtovchi g'amli yig'iga bir muddat quloq
tutdi va dedi: "Agar ortga qaytmasam, qiyomat kunigacha onamning yig'isi
quloqlarim ostida böladi. Axir qanday qilib onamni bu holida
tashlab ketaman? Men
ketmayman!" Ruh ortiga uch qadam tashladi. Farishta g'oyib böldi. Ruh tanaga qaytib kirdi.
"Yurak ura boshladi!" Gulni bargidan qilsang xam JUDO, ONANI Bolam deb yig'latma XUDO.......!
Oz bo'lsada onangizga mexr bersangiz unitmang dunyodan Undan baxtli inson bo'lmaydi baxtimizga onalarimiz sog' omon bo'lishsin.!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев