Oyog'ingni yerdan uzibsan, Sal o'zingni bosib ol jigar. Pul topay deb yo'ldan ozibsan, Kim bo'lsang ham odam bo'l avval. Bu dunyoni bevafo derlar, Jim yuribdi sendan ham zo'rlar, Ko'p bo'lsa ham yo'linga zorlar, Kim bo'lsang ham odam bo'l avval. Kibru havo manmanlik nechun, Vijdoningni sotma mol uchun, O'tkinchidir bu dunyo tushun, Kim bo'lsang ham odam bo'l avval. Seni odam qilgan shu eling, Kuchim ko'p deb sindirma beling, O'ylab ko'rgin kecha kim eding, Kim bo'lsang ham odam bo'l avval. Ortinga bir nazar solib ko'r, Salom bersa alik olib yur, Ustozingni xizmatida tur, Kim bo'lsang ham odam bo'l avval...!
Gar xolasen bir sarobkabi xayotindan öchibketaman. Xatto senikörganimda xam sengaboqmay kulib ötaman.Unutarman yomon tushkabi dardlarimni ichgayutaman. Ammo armonköz yoshi bo'libtushlaringa krib turaman.Eslaganda bir ahmoqdiysan nafratlanib sökibqarg'esan ammo yolg'izqoganingda sog'indimdib qon qon yig'lesan.Söz beraman bir sarobkabi xayotingdan yöqbölaman
Omonat dunyo bu bari omonat, Dard ham omonatdir, Baxt ham omonat, G'amu-anduxinga sherikman deya, Yelkasin tutguvchi do'st ham omonat. Omonatdir chekkan oxu-zoring ham, Omonatdir jondan sevgan yoring ham. Ey do'st dilingni bosmasin g'aflat, Otang omonatdir, Onang omonat. Omonat bu-sixat sog'liq xam. Omonat bu-shavkat shonlik xam. Ey do'stim insonsan shuni unutma faqat Yurakda titragan joning omonat..