Yigirma yoshimning bahorlarida Ko'nglimni tark etdi quvonch va shodlik. Yigirma yoshimning bahorlarida Ko'nglimga mehmondir azob shunchalik. Ikki yil o'tibdi oradan faqat Ikki qalb sevgisi tugadi birdan Endi muhabbat yo`q dilimda nafrat Dardlar qiynab o'tar yuragim kundan. Ko'zimnig oqiday yuragim tubin Zulmatlar egallab oldi bir pasda. Balki unutarman bu dardlar bir kun, Lekin tuzalmaydi dildagi xasta. Ikki yil biz uchun xuddi bir dunyo Kezgandik falakni xayollar bilan Endi-chi azobda qolib bu dunyo Kim ham istar dardni shirin hayotdan? Yo'q endi undayin sevgi kelmaydi, Qiynalib o'tarman sevolmay chindan Buni hech kim aslo aslo bilmaydi Qog'ozga to'kaman dardimni dildan. Kiprigim yumilmas u