O'qib o'qishga kirgan, O'zini baxtli bilgan. Yoshlik davrini surgan, Kimki bo'lsa talaba, Studentlik g'alaba! Kunda o'qishga borib, Yozib qo'llari tolib. O'qib ko'zdan qolib, Qiynalsa ham talaba, Studentlik g'alaba! O'qish formada kelgan, 1 oy paxta tergan. "Oltin davr"ni ko'rgan, Qarz bo'lsa ham talaba, Studentlik g'alaba! Vazifani qilsa ham, Otrobotka yozsa ham. Ko'p narsani bilsa ham, Yiqilsa ham talaba, Studentlik g'alaba!