Baxtli boʻlasiz...
Kecha telbalardek qayg‘u chekkan narsalaringizga ertaga “Nega o‘zimni buncha qiynadim” deb afsus chekasiz... Kecha tashvishlantirib tunlaringizni kunga ulagan narsalar uchun ertaga pushaymon bo‘lasiz... Kechagi kuningizga shu qadar ko‘p bog‘langansizki, ertangi kunlaringizda sizga esh bo‘lajak baxtlarni ko‘rolmayapsiz... O‘sha kun kelganda shunday baxtli bo‘lasizki, hamma narsa kechagi kuningizda qolib ketadi...!
Mo'jiza yaratmang mayli ayol deb.
Shunda ham bu hayot o'xshar ertakka.
Qo'lingizdan kelsa qo'rg'on bo'ling siz.
Ayol zor bo'lmasin bir mard erkakka.
Mo'jiza shart emas, arting yoshini.
Tundan keng osmoni torayib ketsin.
Bir silab qo'yingiz toshdek boshini.
Oqargan sochlari qorayib ketsin.
Mayli boshingizga ko'tarmang uni.
Bir shirin so'z ayting g'amgin chog'ida.
Bu tikan ichida ochilgan gulni.
Hatto ko'rmagansiz rizvon bog'ida.
Ayolni g'ururi tog'dan suv ichar.
Toshlar tekkan sari titroq bosadi.
,,Sen oysan''degan kun osmondan kechar.
Poyingiz o'pgani tuproq bo'ladi.
Sensiz yasholmayman desangiz netar.
Mayli yolg'ondan bir ko'ngil oling.
So'layotgan bo'lsa hayo