Onangizni qo'llarini o’pib qo’ying, O’sha qo’llar tebratganku beshigingiz.Bolam kelsa kutmasin-deb onaizor,Ostonada poylab turgan eshigingiz.Sizning sarmast xayolingiz ketgan balkim,Chaman aro ochilgan bir go’zal gulga.Mehringizni berdingizmi, tongga qadar,Yo’lingizni poylab chiqqan munis dilga.Bu g'animat kunlar esa o’taverar,Ostonada mangu qolmas sarg'ayib dil.Boshingizni silagan bu qo’llar uchun,Imkon topib uzating siz, bir dona gul!
Asrlarga teng keldi hijron, Muhabbatni qaritdi armon, Yuraklari yarim oshiqlar, Tor dunyoda boldilar sarson, Bir nuqtada qotdi nigohlar, Qarolarga botdi nigohlar, Ishqdan kuygan kongil emas, CHin sevgini sotdi nigohlar, Yigit ketdi qolini siltab, Qiz ham ketdi o'zini aldab, Ustun keldi g'iybatchi sozlar, Qoldi SEVGI ovosziz yig'lab.