Adovatni yanchib tashlab kongildan Oddiy dunyomizga tashlaylik nigoh Qani endi ayta olsak chin dildan Assalamu alaykum va Rohmatulloh, Salom sozi tushmas kimga qaramang Shundan boshlanajak uchrashilgan chog' Lek nomiga yangrar qayga qaramang Assalamu alaykum va Rohmatulloh, Kormaymiz salomsiz biror kimsani Hayru hush chog'i ham iltifot biroq Holis niyyat birla aytishlik qani? Assalamu alaykum va Rohmatulloh, Gar bir birimizga chin niyyat birla Salomni yetgazsak sorabon panoh Iymonlar zavq shavqqa bolardi to'la Assalamu alaykum va Rohmatulloh, Amin boldim dostlar yetib shu yoshga Yurish turishimiz bermoqda saboq Sahobalar bilan bizniki boshqa Assalamu alaykum va Rohmatulloh, Mayli dunyo bizga aytmasin tahsin Jarangdor ovozlar tuyulsin be oh Labimizdan emas kongildan chiqsin Assalamu alaykum va Rohmatulloh, Bugun kerak emas sohta ehtirom Bugun bizga kerak holis bir kalom Mana wudir haqiqiy salom Assalamu alaykum va Rohmatulloh....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев