Turmush qurishganiga ikki oy bo'lgach kelin va kuyov negadir ko'p tortishadigan bo'lib qolishdi. Bu tortishuvlar har kuni davom etardi. Arzimagan sabablar tufayli ham janjal chiqardi. Bir kuni dilxiraliklardan bezgan kuyov kelinga shunday taklif aytdi: "Kel, yaxshisi xovliga bir tup ko'chat ekamiz, lekin uning tagini yumshatmaymiz, suv ham quymaymiz, ekib qo'yamiz xalos. Agar o'sha ko'chat qurib qolsa, ajrashamiz. Agar ko'karib ketsa, hayotimizni birgalikda qaytadan boshlaymiz". Kelin roziligini bildirgach xovliga bir tup köchat ekildi. Keyin ikkovi alohida- alohida yashay boshlashdi. Bir- birlariga gapirmasdilar ham. Oradan ikki oy o'tdi, lekin ko'chat qurimadi. Uch oy ham yakunlanib qolgan