Muxaqqiq nazdida xush, bad surat - bir
Oshiq manzilida do'zax, jannat - bir.
Bedillar libosi atlasmi, palos,
Oshiqlar yostig'i par, g'isht, ko'kat - bir
Kimlarni senlab kimni sizlab, Kimdanda eshitib kimga so'zladim, Taqdir yo'llarida neni ko'zladim, Odamlar orasidan odam izladim. Bemaqsad yuripman qayda ko'zlarim, Qoldimu shu yo'llarda meni izlarim, Yurak yeg'lar kulib turar ko'zlarim, Odamlar orasidan odam izladim...
Kufr olamidan dingacha bir lahza emish,
Shak manzilidan chingacha bir lahza emish.
Bas, sen bu aziz lahzani xush o'tkazgil,
Umr o'zi shu — o'lgungacha bir lahza emish...