Orazi gul, husni hilol,Alloh go`zal, Alloh go`zal.Mutloq kamol, mutloqjamol,Alloh go`zal, Alloh go`zal…Arsh arkida sulton o`zi,Beaybu benuqson o`zi.Poyigacho`k, ul Zuljalol,Alloh go`zal, Alloh go`zal…Diydori bir shirin umid,Azal vujud, abad vujud.Kimga ayon, kimga xayol,Alloh go`zal, Alloh go`zal…Nahrizilol, bag`ri bahor,Gul chehra yor, nur chehrayor.Oromijon, oshuftahol,Alloh go`zal, Alloh go`zal…Tuproqqa jon etmish atoMomo havo, Odam Ato,Loydanodam yasar kulol,Alloh go`zal, Alloh go`zal…Shoir tilak-ta’bim o`shal,Ruhim o`shal, Rabbimo`shal,Allohu akbar, ey Bilol,Alloh go`zal, Allohgo`zal!..06:19