Yig'laganda hasad yig'lasin, Alam bilan nafrat yig'lasin, Közlari kör g'iybat yig'lasin, Yigit yig'lamasin dunyoda. Azoblanib sitam yig'lasin, Lahadlarda motam yig'lasin, Qora dunyo bir kam yig'lasin, Yigit yig'lamasin dunyoda. Mayli kökda yulduz yig'lasin, Kecha bilan kunduz yig'lasin, Oy ham mayli unsiz yig'lasin, Yigit yig'lamasin dunyoda. Uchayotgan qushlar yig'lasin, Bedor tungi tushlar yig'lasin, Yuraklari toshlar yig'lasin, Yigit yig'lamasin dunyoda.
Sog'inasan hali yomon sog'inasan. Qachongacha yolg'onlarga sig'inasan. Muxabbatda bir sinovni yengolmadin.Mag'lub bo'lding bu hayotning jangidasan.. Ko'nikasan mensizlikka ko'nikasan. Suratimdan ko'z uzolmay tikilasan.Xovurini bosolmagan tentakkinam. Oqshomlari barmoq tishlab qon yutasan. Cho'milasan armonlarga cho'milasan. Ostonangda qul bo'lay deb yalinasan. Bir bor ko'rsam bo'ldi deya sog'inasan...