a.v) qizlari Fotimani kelin qilib Hazrati Ali (r.a.)ning uyiga olib borayotib bergan o`gitlari bugungi qizlar uchun ham juda ibratlidir: «Qizim, o`zingni ozoda tut. Robbingni zikr et va vujudingni suv bilan pokla. Ering senga qaraganda ko`ngli yorishsin. Ko`zlaringga surma qo`y, chunki surma ayollarga ziynatdir. Boshingga zaytun yog`idan surt, zaytun yog`i surtgan ayolga shayton yaqinlashmaydi. Ey Fotima! Ering senga qaraganda ko`zlaringni yumma, toki sevging kuchaysin. Ering boshqa tarafga qaragan payt sen uning yuziga boq, bu bilan bir oy ro`za tutganlik savobini olasan. Ey Fotima! Ering seni yotoqqa chaqirganida rad etma. Rad etsang, Allohning la`natiga qolasan. Ey Fotima! Yaqinlik paytida quvnoq bo`l, toki eringning muhabbati ortsin va boshqaga muhabbat qo`ymasin. Ey Fotima! Eringning kamchiliklarini, aybini birovga aytma, aytsang Allohning, Payg`ambarning, farishtalarning va eringning nafratiga duchor bo`lasan. Ey Fotima! Bu o`gitlarni menga Jabroil so`zladi». Yuzlaridan nur yog`ilib turgan bir onaxondan: «Bunday qiyofaga qanday musharraf bo`ldingiz?» deb so`rashibdi. Shunda u: «Lablarimga Haqni, ovozimga zikrni, ko`zlarimga halolni, qo`llarimga ehsonni, oyoqlarimga to`g`rilikni surdim. Shuningdek, qalbimga Alloh sevgisini, aqlimga hikmatni, nafsimga itoatni, hirsimga imonni ravo ko`rdim» deya javob bergan ekan. Siz ham shundaylardan bo`ling!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев