Ахloq, uyat, diyonatni yerga uradi Xaqiqatni sharmandayu- sharmiso aylab Ma'sum muhabbatning oppoq peshonasiga Toshmoq bo'lib toshadi-yu shundoq turadi Va muqaddas nikoh axdu-poymonlarini Qimorbozning savdosiga aylantiradi Siz shundoq bir kirdikorlar qildingizki to Bekor bo'lib qoldi butkul va'dayu-vafo Shariatning rasm-rusumumi xuddi bir ermak Qilmishingiz ko'rib xatto qizarar falak Ko'k gumbazi sizga boqib xo'mraya boshladi Go'yo qora qiyomat kun, go'yaki maqshar.......