Ilmni fursat bo’lganda o’rganaverish kerak. Chunki ilm zarur bo’lgan paytda fursat bo’lmaydi. Gunoh qilish ilmning barakasini yo’qotadi, uni unutishga olib keladi. Yaxshi odam bo’lish uchun ibodat qilishning o’zi kifoya emas, balki yaxshi qalbli , yomonlarni yomon ko’ruvchi bo’lishi kerak. Bir millatda ishonchli kishilar ozaysa, dininini sotib dunyo yig’uvchilar ko’paysa, u millat orasida fitna bolalaydi. Bugun sizlar havoyi nafslar ilmga tobe’ zamonda yashayapsiz. Hali shunday zamonlar keladiki, unda ilm havoiy narsalarga tobe’ bo’ladi. Abdulloh ibn Mas’ud