Boshga balo bo'lar tilning ofati, Unutmang, bitmaydi dil jarohati, Tirigida bo'lsin har kimning qadri, Do'stlarim, odamga odam g'animat. Baxt boylikda emas, insoniylikda, Iymondan qimmatroq hech narsa yo'qda, Shoshma, tirikchilik demagin to'xta, Do'stlarim, odamga odam g'animat. Mehribon, yaqinim sog'indim sizni, Oqibat rishtasi bog'lasin bizni, Mehr-muhabbatga buraylik yuzni, Do'stlarim, odamga odam g'animat. Yaxshilikdan bo'lsin har qanday suhbat, Boshinga balodir ig'voyu tuhmat, Diydorga to'yaylik ne berar g'iybat, Do'stlarim, odamga odam g'animat. Kimga omad chopib kerilib ketsa, Boylikka mansabga berilib ketsa, Ortidan ne qolar dunyodan o'tsa, Do'stlarim, odamga odam g'animat. Bugun bizga nasib etibdi diydor, Ertaga kimdir yo'q, kimdir esa bor, Ota onangizni etmang intizor, Do'stlarim, odamga odam g'animat. Qalbini tushuning döstingiznini, Yaxshilik bezaydi uning yo'lini, Farqin anglab oling hayot o'limni, Do'stlarim, odamga odam g'animat. Bu hayot o'tkinchi nolam g'animat, Otam g'animatdir, onam g'animat, Yaxshilik tilaylik bir birimizga, Do'stlarim, odamga odam g'animat
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев