Sochlariga qaychi tegmagan.
Muhabbatga boshin egmagan.
Yigitlarga qiyo boqmagan.
Tabiy go'zal topaman bir kun.
Sochin o'rsa Layli hijolat.
Onasiga qilgan itoat.
Duolarim bo'lib ijobat.
Shunday go'zal topaman bir kun.
Kalta yupka va shim kiymagan.
Kibru havo nima bilmagan.
Mening uchun Ollox siylagan.
Jannatimni topaman bir kun.
Hovlisiga o'smalar ekkan.
Aka-ukam g'ururim degan.
Kelishimni intizor kutgan.
O'sha qizni topaman bir kun.
Oppoq yuzli oydan chiroyli.
Qoshi kamon, kipriklar yoyli.
Hullas kalom iymonga boyli.
Taqdirimni topaman bir kun...