Agar sizni hayot sinasa. Orzu dard bilan siylasa.
Qalbingizni gumon qiynasa . Sabr qiling bari
o'tadi. Do'stlaringiz aldab ketsa ham. Joningizdan
o'tib ketsa g'am. To'g'ri bir oz qiladi alam. Sabr
qiling bari o'tadi. Boshingizga tushsa tashvishlar.
Tuxmat bilan otilgan toshlar. Bog'zingizga kelsa
mish-mishlar. Sabr qiling bari o'tadi. G'am silasa
mag'rur boshingiz. Goh minnatli yegan oshingiz.
Nomardlarga tushsa ishingiz. Sabr qiling bari
o'tadi. Kulib turgan do'stingiz sotsa. Sevganingiz
sevgingiz sotsa. Yo'l topolmay boshingiz qotsa .
Sabr qiling bari o'tadi. Hayot sinar barcha
insonni. Yengarmikan deya yolg'onni. Unutmaylik
Parvardugorni . Sabr qiling bari o'tadi.
Hayot davom etadi... Qidiring topasiz. Ishoning qadirlanasiz! Qizg'oning- asralasiz, Eng muhimi doimo kulib yuring, toki dunyo sizni sevishga majbur bôlsin.....