Mol davlat ustunmas ota-onangdan,
Hashamat ustunmas ota-onangdan,
Maishat ustunmas ota-onangdan,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.
Bugun qadah tutib turgan dilbarlar,
Yiqilsang bir kuni tashlab ketarlar,
Odam bo'lib ortga solgin bir nazar,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.
Oppoq sochlarida sabr beshigi,
Ajinlar qatori jabr beshigi,
Biz ochib kirmasak mehr eshigin,
Qarsillatib yopsak qadir eshigin,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.
Ey do'stim, davlating imkoning bo'lsa,
Tulporing choparga maydoning bo'lsa,
Manziling ko'zlagan karvoning bo'lsa,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.
Bu dunyo nimadir, bu dunyo o'yin,
Bugun yutsak erta yutqazish tayin,
Boshqa ishingni qo'y ey Begzod
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.
Bor boyligu naqding shular emasmi,
Bor davlatu taxting shular emasmi,
Axir sening baxting shular emasmi,
Eng avval otani qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев