Omonat dunyodan xor bo'lib o'tsam, Chin do'st diydoriga zor bo'lib o'tsam, Besh kunlik umrimni yasholmay o'lsam, O'lsam yig'lamaydi, Bu yetim dunyo. Daryo irmoqlari sel bo'lar bir kun, Dilni titroqlari she'r bo'lar bir kun, Mening barmoqlarim yer bo'lar bir kun, O'lsam yig'lamaydi, Bu yetim dunyo. Qadrimga yig'laydi qadrim bilganlar, Dardimga yig'laydi dardim bilganlar, Yolg'ondan yig'laydi, yolg'on suyganlar, O'lsam yig'lamaydi, Bu yetim dunyo. Onam dod deb dilxun yig'laydi, Otam qabrimda tik beun yig'laydi, Suymagan, suyganim bir kun yig'laydi, O'lsam yig'lamaydi, Bu yetim dunyo.