Otajonim!
G'am tashvishsiz hayot berdingiz,
Mehribonim óziz edingiz.
Bir sóz ila kónglim topardiz,
Goho hafa bólsam men agar.
Har bir ishda maslahatgóyim,
Madatkorim óziz edingiz.
Chókmas tog'dek suyab turardiz,
Gar qoqilib yiqilgan chog'im.
Gar imkonim bólganda edi,
Dardingizni olgan bólardim.
Umringizga umrimni qóshib,
Jonimni ham bergan bólardim.
Qayg'urmang hech otajonginam,
Sizga loyiq farzand bólaman.
Qilgan barcha orzuyingizni,
Siz aytgandek ado etaman.
Nasib etsa men ham bir kuni,
Xuddi sizdek inson bólaman.
Menga aytgan gapingiz kabi,
Siz yurgan yóldan ishoning men ham yuraman!