Onaning tafti- yu, mehri boshqacha. Kirsahamki hatto to'qson yoshgacha, Onasiz hayotda yashash boshqacha. Yashaydi onamiz bizlarni o'ylab, Tunu kun hudodan baxtimiz so'rab. Onasiz qolganlar to'ymaydi yig'lab, Onasiz hayotda yashash boshqacha. Odamda martaba obro' bo'lsa ham, Qo'lida millionlab puli bo'lsa ham, Yonida otasi hayot bo'lsa ham, Onasiz hayotda yashash boshqacha. Onalar doimo hurmatda bo'lsin, Farzandi baxtini albatta ko'rsin. Yetimlik dardini azobi qursin, Onasiz hayotda yashash boshqacha. Yetimlik dardini yetim biladi, Uning bu dunyosi bir kam bo'ladi. O'zidan o'tganni o'zi biladi, Onasiz hayotda yashash boshqacha. Onangiz umriga umr tilayman, Bir umr tugalmas baxtni tilayman. O