''XAYR SINFDOSHLARIM'' Shirin, shirin xayolni buzib, Chalinadi So'nggi qo'ng'iroq. Yodga tushar yurakni ezib, Ona maktab ochgani quchoq. She'rda aytdim ko'ngil yoshlarim Xayr endi sinfdoshlarim... Ustozlardan saboqlar oldik, Gohi darsga kechga ham qoldik. Mana bugun o'sha xonada Diydorlashib, o'ylarga toldik... Qanday sexring bor ekan maktab Bizga mexring yor ekan maktab Dilda orzu to'lib toshganda, Dunyo sendan tor ekan maktab... Armonimsan qadrdon kunlar Darmonimsan bearmon kunlar Olov bo'lib kuydirar hamon, Yoshlikdagi dardli uchqunlar... She'rda aytdim ko'ngil yoshlarim Xayr endi sinfdoshlarim...