Siqilaman yolg`izligimdan,
Kelishingni orzu qilaman,
Ezilaman sensizligimdan.
Bir boshimga son mingta sinov,
Yuragimda shubha-yu so`rov,
Holing ne deb so`ramas birov,
Qiynalaman ojizligimdan.
Dardni bergan davo ham berar,
Balki bir kun baxtim ham kular,
O`lsam menga ayt kim kuyunar?,
Tun yig`laydi ma`yusligimdan.
Yomon tushlar ta`biri ne`dir,
Menga hayot kitobin keltir,
Yashash og`ir, yuragim og`rir,
Jim yig`layman holsizligimdan.
Dilimda dard qoziqday go`yo,
G`am daraxti o`siqday go`yo,
To`rt tomonim to`siqday go`yo,
Nur izlayman nursizligimdan.
Tan olaman gunohlarim ko`p,
Agar o`lsam meni kechir xo`p,
Yuragimda hasrtim to`p-to`p,
Sendan juda olisligimdan.
Ko`zlaringga qarayolmayman,
Gulbag`rimda asrayolmayman,
Senga dardim ayta olmayman,
Borolmayman yuzsizligimdan.
Dunyo, Hayot beshigin tebrat,
Sendan aslo xafamas Ahad,
Sendan bitta o`tinchim faqat,
Ayirmagin azizligimdan.
Yolg`izlikdan ko`p siqilaman,
Siqilaman yolg`izligimdan,
Kelishingni orzu qilaman,
Ezilaman sensizligimdan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 4