Bir kuni boy kishi farzandiga kambag‘allikda yashash qanday bo‘lishini ko‘rsatmoqchi bo‘libdi. Uni chekka bir qishloqqa olib borib, u yerda bir necha muddat birga yashashibdi. Keyin uyga qaytishgach, ota o‘g‘lidan so‘rabdi:
–Xo‘sh o‘g‘lim, kambag‘allikda yashash nima ekanligini tushunasanmi?
–Ha ota!
–Bizning sayohatimiz senga nimadir o‘rgatdimi?
–Juda ko‘p narsa o‘rgatdi...
–Masalan nima o‘rganding?
–Men ulardek yaxshi va boy insonlarni hali uchratmaganimni tushundim!
–Boy!? – ota hayron bo‘libdi.
–Ha ota, boy. Qarang, bizning uyimizda bitta it yashaydi, ularnikida esa to‘rtta. Bizning dalahovlimizda basseyn bor, ularda esa keng dengiz. Bizda kichik bog‘, ularda esa cheksiz o‘rmon.
Dazmol qilar edi yosh kelin,
Yorin toza oppoq ko'ylagin,
Hayollarga berilib bir zum,
Kuydiribdi yorin ko'ylagin.
Hafa bo'lib o'z qilmishidan,
Yorga egib turar boshini,
Yigit kelib yorning ko'zidan,
Artib o'pdi qalgigan yoshin.
Ko'z yoshlama, yoshlama jonim,
Kuysa kuyar bitta ko'ylagim.
Hayotimning mazmuni sensan,
Kuydirmasang bo'ldi yuragim.