Inson fe'li ajabdan ajab,yo'qdir unga mezonsiz olam. Yulduzlarni o'lchar botmonlab,qarichlaydi cheksizlikni ham. O'zi ega o'zi qul mangu, o'zi topgan aqidalarga, ne dey hatto mangulikni u, bo'lib chiqqan daqiqalarga. Daqiqadan soatlar yig'ib, kunlar tuzib oy jam qiladi. Yig'lamaydi umr o'tdi deb, yil o'tdi deb bayram qiladi.