Ko‘pchilikni yosh o‘tishi bilan yuzdagi ajinlari qiynay boshlaydi, Xo‘sh, yuz terisi mayin va chiroyli ko‘rinishga kelishi uchun uni qanday parvarishlash lozim?
1. Hech qachon makiyajni tozalanmasdan uyquga ketmang
Uyquga ketishdan oldin terini tozalamaslik juda zararli bo‘lib, allergik holatlarga olib kelishi hech gap emas. Tozalanmagan teri teshiklarning berkilib qolish, shishlar, qizarish va erta qarish jarayoni kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Masalan, Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, aholining 60 % tungi pardoz vositalari tozalamay uyquga ketisharkan. Bunga sabab o‘rnida charchoq, vaqt tanqisligi va turmush o‘rtoqlarining ko‘ziga pardozsiz ko‘rinshlarini istashmas kabilarni aytishadi. Teri sog‘lom bo‘lishi uchun pardoz vositalaridan xoli ravishda orom olishi kerak.
2. Kunduzgi kremni tungisiga alishtirmang
Tunda teriga quyoshdan himoya, namlik va ozuqa zarur. Mushaklarni bo‘shashtiruvchi komponentlar bilan to‘yingan yoki boshqa ajralmas tarkibiy qismlari mavjud vositalar esa teri to‘qimalarini nafas olishi va tiklanishiga xalaqit beradi. A retinoli yoki ANA yuqori konsentratsiyasi tungi parvarish uchun foydali. Biroq undan kunduzi foydalanilsa, qichishish va teriga dog‘ tushish kabi salbiy holatlari yuz berishi mumkin.
3. Tungi parvarishni kechiktirmang
Tungi krem yoki tunda surtish uchun mo‘ljallangan kosmetik vositalar aynan kechki payt surtish uchun mo‘ljallangan. Kremlardan tashqari, go‘zallik uchun eng asosiy tarkibiy qism — bu uyqudir. Shuningdek, kosmetik vositalarni uyquga ketishdan 1 soat oldin surtish kerakligini ham yodingizdan ko‘tarmang.
4. Yodingizda tuting: haddan ziyod krem surtish salbiy natijalarga olib keladi
Keragidan ortiq surtilgan tungi krem shishlarga sabab bo‘ladi. Ortiqcha kremdan saqlanishning eng oddiy usuli — krem surtilgandan 10-15 daqiqa keyin uni salfetka yordamida artib tashlang.
“Ilmiy tekshirish natijalari shuni ko‘rsatadikui, chuqur uyqu vaqti teri hujayralari sakkiz barobar faolroq taqsimlanar ekan, shunday ekan, uyqu sifati qancha yuqori bo‘lsa, terinining qarish jarayoni ham shuncha sekinlashadi!”
5. Tungi kremsiz parvarish
25 yoshdan keyin ayollar yuzlariga tungi krem surtishlari maqsadga muvofiq, albatta, yog‘li yuz terisi sohibalari bundan mustasnodir.
Ko‘pgina dermatologlarning fikriga ko‘ra 25 yoshgacha tungi kremlardan foydalanishning zarurati yo‘q. Juda quruq yuz sohibalari esa kechga yaqin quyuq va ozuqali (yoshga qarshi faol komponentlarsiz, tabiiy birikmalardan tarkib topgan) kremlar yordamida yuzlarini parvarishlashlari zarur. Agar yuz terisi yog‘li bo‘lsa, eng yaxshi parvarish bu- yuzni tozalab nafas olishiga imkon yaratish va ehtiyoj tug‘ilsa, bakteriya yoki shamollashga qarshi vositalardan foydalanish lozim.
6. 30 yoshdan keyin tungi kremlardan foydalanish odatiy holga aylanishi zarur
Bu yoshda teri hujayralari o‘zini tiklashga layoqatsiz bo‘lib qoladi. Tabiatning juda ko‘p salbiy tashqi ta'siri tufayli terining tiklanish mexanizmi ish faoliyati susayadi va shikastlangan hujayralarni “yamash” ga qiynaladi. Shuning uchun teri doim o‘zini tiklashga qiynaladi va tashqi “yordam” ni aynan kechki payt ko‘proq minnatdorlik bilan qabul qiladi. Zero, bu vaqt teri o‘z kuchini quyoshga qarshi uchun yoxud zararli tashqi ta'sir himoyasiga ketkazmay, hujayralar metabolizmi va DNK hujayralarini tiklanishi kabi jarayonlarga faolroq bo‘ladi.
7. Bir tizimdagi kosmetik vositalardan foydalaning
Shundagina ularning tarkibiy qismlari bir-birini to‘ldiradi va ular bir-birini to‘ldiradi. Amaliyotda bu juda oddiy qoida bo‘lib ko‘rinsada, lekin ko‘pchilik bunga nazorat qilmaydi. Shunday ekan, tungi kremni boshqa tizim kosmetikasi, tonik yoki boshqa vositalarni umuman boshqa tizimga tegishlisi bilan aralashtirmang. Tungi kremlarning faol komponentlar tarkibi, odatda kunduzgisiga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Shunga muvofiq tarzda, turli xil kosmetik vositalarning birikmalar mosligi ham shu darajada bo‘ladi.
8. To‘g‘ri uyqu uchun shart-sharoitlar yarating
Juda issiq, havo almashmagan yoki konditsioner ishlayotgan yotoqxonada teri zo‘riqadi va teri hujayralarining tiklanish jarayoni susayadi. Agar yostig‘ingiz noqulay bo‘lsa yoki uyqu vaqti dahaningiz bo‘yningizga haddan ziyod suyansa, bu ikkinchi dahan, ya'ni “baqadahan”ni keltirib chiqaruvchi omildir. Shunday ekan, yotoqxonadagi havo almashinishi (albatta, oynadan chang havo kirmasligi) va sifatli hamda o‘rtacha baladlikdagi yostiq yoshligingiz va chiroyingizni saqlashda yordam beradi.
🍃🍃🍃🍃🍃🍃
Yuzingiz tovlanishi uchun
Gohida vitaminlar yetishmasligi tufayli bahor faslida yuz terisidagi rangparlik, terining qurishi va qizarishi, o‘lik to‘qimalar, havo haroratining doimiy o‘zgarishi natijasida terining suvsizlanishi kabi holatlar kuzatiladi. Muammoning yechimini topish uchun esa odatiy pardoz vositalaridan tashqari maxsus parvarish jarayonini ham bajarish kerak. Bunda uy sharoitida tayyorlangan maxsus niqoblar juda qo‘l keladi. Bundan tashqari, niqoblar yuz terisini kerakli vitaminlar bilan ham ta’minlaydi. Sovun, kosmetik sut kabi vositalar bilan yuz terisini yuvishdan tashqari, uni turli shifobaxsh o‘tlardan tayyorlangan tonik va loson kabi vositalardan foydalanib, namlantirib turish lozim. Quruq yuz terisi uchun zig‘ir urug‘i, o‘rtacha yuz terisi uchun esa qizilpoycha va kalenduladan tayyorlangan losonlar mos keladi.
Bunday losonlarni uy sharoitida ham tayyorlash mumkin. Buning uchun bir choyqoshiq quritilgan o‘tni qaynagan suvga solib, 20 daqiqaga yaqin suvli hammomda ushlab turiladi. So‘ng damlama sovitilib, bir necha bor dokadan o‘tkazib, tez-tez chayib turiladi. O‘tli losonni 3-4 kun davomida muzlatkichda saqlash mumkin. Erta bahorda ajinlar ham anchayin sezilib qoladi.
Quruq yuz teri sohibalari uchun smetanali niqoblar tavsiya qilinadi. Buning uchun smetananing o‘zini 15-20 daqiqaga surtish lozim. Yoki niqobni biror foydali mahsulot bilan boyitsa ham bo‘ladi. 50 gr smetanaga 1 choyqoshiq asal, 1 choyqoshiq limon sharbati bilan aralashtirib, niqob tayyorlash mumkin.
Suli yormasidan tayyorlangan niqob yog‘li yuz terisining rangini yaxshilab, ajinlarni yo‘qotadi. Buning uchun bir oshqoshiq suli yormasiga 1 dona ko‘pirtirilgan tuxum, 1 choyqoshiq limon sharbati, 1 choyqoshiq asal aralashtirilib, niqob tayyorlanadi. Bu niqob ham odatiylari kabi 15-20 daqiqa yuzda ushlanadi.
Yuz terisi rangparligini foydali o‘tlar yordamida ham tiklasa bo‘ladi. Buning uchun 2 oshqoshiq moychechak guli, lipa guli, lavanda va bir oshqoshiq shalfey aralashtirilib, yaxshilab yanchiladi. Aralashma quyuq massa holiga kelishi uchun ustidan qaynagan suv solib, 20-30 daqiqaga tindirib qo‘yiladi. niqob nam yuz terisiga surtilib, 15-20 daqiqadan so‘ng chayiladi.
Vazira ALIMOVA.
Kosmetolog shifokor.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев