Yurardim qachonlar betashvish beg'am. E'tibor qilmapman dardin bilsam ham. Endi foydasi yo'q qancha achinsam, Qaytib kelmas yerga otlangan OTAM! Uch kun jim yotdilar shiftga boqqancha, Biror so'z demasdan qalbim yoqqancha, Hisoblab gunoh va savobin qancha Sukutda kimlarni o'ylagan OTAM! Uch kun azoblanib ozor chekdilar, Umr bog'lariga dardni ekdilar, G'amning yaprog'idan kafan tikdilar, O'zining ajalin sog'ingan OTAM! Uchkun ham o'tdi-yu tilga kirdilar, Mehribonim sekin yaqin tortdilar, Mendan rozi bo'lgin qiynalma deya Nasihatlar aytib vidolashdilar. Men ahmoq tushunmay vido so'zini, Yolg'iz tashlab ketdim bilmay o'zini, Ortiq ko'rolmadim o'tli ko'zini, Bir umr ko'ziga zor etgan OTAM! Otajon mehribon, g'amxo'r edingiz, Asaldayin shirin edi so'zingiz, Sog'inib eslaydi telba ög'lingiz, Ög'lim deb, qizim deb yashagan OTAM!. Kuz kelib xazonlar to'kildi bir bir, Kimdir vafot etdi, tug'ildi kimdir, Olloh dargohiga yo'l olgan OTAM! Qabringiz yonida turipman mana, Siz sevgan gullardan keltirdim yana, Ko'ksimdan otilib yosh chiqdi ana Mening ko'zlarimni yoshlatgan OTAM! OTAJON o'ksinmang ranjiganim yo'q, Ko'zimga chang kirdi yig'laganim yo'q, Yaxshiman ko'nglingiz qilavering to'q Tushlarimda holim so'ragan OTAM! Yig'lamayman duvdim yig'ladim biroq, Axir kimsa yo'qku sizdan yaqinroq, Ne uchun ketdingiz olislab yiroq, Qaytib kelmas yerdan joy olgan OTAM!!.(отажон. Жойингиз Жаннатда,охиратингиз обод булсин)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 13
Fazliddin jiyan boshin sog busin,eshitib hafa buldim,Sharofiddin pochcha yahshi inson edila, ruza kunlari joylari tugri jannatda buladi, tugrisi yana nima diyishimmi bilmi qoldim