Keltiraman, so'ra ne kerak, Yerdami yo osmonu falak. Bajaraman ne bo'lsa tilak, Faqat "Uni" so'rama yurak. Tomchi qilay butun daryoni, Ag'dar-to'ntar qilay dunyoni. Tundan paydo qilay ziyoni, Faqat "Uni so'rama yurak. Uning qalbi orzularga boy, Berolmaydi sening uchun joy. Kerakmi ayt osmondagi oy, Faqat uni so'rama yurak.
Sizga sog'inch begonadir, Sog'inch nima bilmaysiz. Shom- u sahar sizni o'ylab, Sog'inganim sezmaysiz. Kuttirasiz mayli deyman, Kutmoq bizga odatda. Bir kuni xor bo'lgan narsa, Aziz bo'lar albatda. Xozir sog'inch begonadir, Sog'inch nima bilmaysiz. Nogoh bir kun o'lib qolsam, Sog'iniblar yig'laysiz