Uyg'onadi dunyo har bahor, Har ko'klamning bordir o'z guli. Meni ma'zur tutsin gar bahor Ko'zlarimga yoqsa kuz guli. Umrim darddan tizilgan shoda, Jim tingladim ko'ksim nolishin. Erta o'lar-ketar dunyoda Bilmagandim sevib qolishim. Goh shamolday uchqur, beega, Goh tun kabi sokin va jimsan. Xayolimdan ketmaysan nega, Aytgin axir men uchun kimsan. Menga atab she'r yoz deganding, She'rda yolg'on bosa olmayman. Sevdim deyish o'lim bilan teng, Sevmayman deb yoza olmayman. Umrim o'tdi bu quv dunyoda Goh mansab, goh nomus talashib. Qara, bugun yoningda hatto Turolmayman senga yarashib. Mayxonaga chorlar meni may, Bilmam uning ne zori bo'lsam. Senga atab qanday she'r yozay, Shoirmas, g'irt bezori bo
Ming bor orzularga boshlama hayot, So'ngra armonlarga tashlama hayot, Yo'limda uchradi mingta muammo, Endi ko'zlarimni yoshlama hayot. Bo'ldi barchasiga chidadim ko'ndim, Murdadek o'zimni o'ylarga ko'mdim, Nahotki men sendan shunchalar to'ydim, Endi azoblarga tashlama hayot. Bag'ritosh nomini oldim seni deb, Mehribon nomini oldim seni deb, Yo'ling uzra ketdim o'yinchoq bo'lib, Endi hijronlarga boshlama hayot. Ko'zlarimni yumsam men sendan nolib, kularmisan aytchi bo'ldim deb g'olib! Mening dardimni tushunib bilib, So'ngra mendek ko'zing yoshlama hayot.
Men shunday inson bo'layki yillar o'tib meni uchratib qolsang meni yonimda o'zingdan nafratlan. O'zingni insonday xis qilmagin! Men shunday yashayki, seni yuragingda qayta orzu bo'lib yaralay, Zero o'shanda men xam senga shirin armonligimni anglagin. Men seni shunday unutayki, ko'zyoshlarim uchun o'zingdan orqigin. Men shunday bo'layki, xar bir insondan ko'zlarimni so'zlarimni o'zimni izlagin! Man shunday baxtli yashayki va nixoyat sen men uchun axamiyatsiz XECHKIM emasligingni xis qigin...!
Men seni sog’indim, qalbim o’rtanib, Yuragim sog’inchdan bormoqda yonib. Men seni sog’indim, senga o’rganib, Xatto o’zimdan ham ketyapman tonib. Men seni sog’indim, bulutlar qoplab, Quyoshni sog’inib yig’lagan osmondek. Men seni sog’indim, seni ardoqlab, Aqlini yo’qotgan bir nodondek. Men seni sog’indim, bu sog’inch ishon, Har qanday yurakni larzaga solar. Men seni sog’indim, ko’rmasam bir on, Yuragim to’la dard armonim qolar. Men seni sog’indim, Misli parvona, O’zini shamdagi ziyoga urgan. Men seni sog’indim, ishqingda yona, Hajringda telbavor oshiqdek yurgan. Men seni sog’indim, hayronman o’zim, Nega seni bunchalar tezda sog’indim. Yo’linga intizor termular ko’zim, Meni seni sog’indim, jud