Sevdim deya yosh jonimga g'ov chiqtingiz,
Man yengildim " G'irrom " bilan siz yutdingiz.
Ortiq dilim qiynamayman bo'ldi yetar,
Man yomonni bir kun yomon qadri o'tar!!!
So'zlaringiz biram sovuq muzlayabman,
Yuragingiz qattiq biram, toshdan o'tar,
Hiyonatni ko'chasida bo'zlayabman,
Man yomonni bir kun yomon qadri o'tar!!!
Qani endi ortga bir zum qayta olsam,
Yurakdagi hislarimni ayta olsam,
Yoningizdan kulib men ham o'ta olsam,
Shunda manga taqdir kulib boqarmidi?
Har kun ishonch deya gapirdingiz,
Kulib turib qalbdan meni sevdirdingiz,
Yolg'on ila boshimni ham egdirdingiz,
Ko'zlarimdan yoshlar emas, qonlar oqsa bo'lmasmidi?!
Qani endi kimga endi men ishonay,
Axir sen edinku ishongan tog'i
"M" ansiz yasha mayli jon gulim,
"U" mrimni boricha yashayveraman.
"X" atolarim ko'p bilaman jonim,
"T" aqdirga tan berib ketaveraman.
"A" mmo yig'lamagin o'lsam jon gulim,
"R" oziman o'lsamam kulib turaman.
"A" xir sevamanku sani oy yuzim,
"M" an osmondan yig'lab yog'ib turaman!
"M" ayli borma qabrim ustiga jonim,
"U" mrimni orqaga qaytarib bo'lmas.
"X" azonlar kabi to'kilib bo'ldim,
"T" anamni yoqqanlar hech ado bo'lmas.
"A" badiy sevgiga duch kelma jonim,
"R" ozi qil onangni har kun, har doim,
"A" xir u onangku! Men esa hech kim,
"M" osiga duch kelib, baxtli bo'l JONIM...
Туғилдинг, бу ҳаёт остонасида,
Сени қарши олди, бир ёғоч бешик.
Улғайиб, яшаб сўнг кўзинг юмганда,
Қабринга кузатди, тебранмас бешик.
Бу ҳаёт — шу икки бешик ораси...
Туғилдинг, ўрашиб оппоқ йўргакка,
Эркалаб, эъзозлаб, севиб-суюшди.
Руҳ оҳир танангни тарк этган куни,
Яна оқ йўргакга ўраб қўйишди.
Бу ҳаёт — шу икки йўргак ораси…
Кўз очиб, ҳаётни кўрганинг заҳот,
Одамлар йиғингга жим қулоқ осди.
Бандаликни бажо келтирган кунинг,
Дунёни ўзгалар кўз ёши босди.
Бу ҳаёт — шу икки йиғи ораси...
Шу қисқа ҳаётда энг муҳим юмуш,
Яхши ном қолдириб, яшамоқ экан.
Англадим, туғилиш аслида дўстим,
Ўлимга илк қадам ташламоқ экан.
Ҳаёт — туғилиш ва ўлим ораси...