Kok bori kezgan sarhat itlarga talosh endi. Kotarilgan bosh emas birgina quyosh endi. Uchqun sochgan kozlarning topingani yosh endi. Turkiy elning shiddati songanga oxshayotur. Sarbadorlar qonini sellar yuvib ketganday. Millat uchun jon berar alpni devlar yutganday. Ultontozlar kun sanab ey voh shuni kutganday. Elning kuni nomardga qolganga oxshayotur. Yuz ellik yil otangni otganni oga sanab. Dili buzuq kelganning qadamiga gul qadab. Yo haq deya yonganning mozoriga tosh qalab. Saroyingga qargalar qongangga oxshayotur.