Bir kuni daraxt kesuvchi daraxt kesayotib, daryoga boltasini tushirib yubordi. Qayg`urganidan yig`lashga tushdi. Shu payt qarshisida avliyo paydo bo`ldi. — Nimaga yig`layapsan? — Qanday qilib yig`lamay? Axir boltamni daryoga tushirib yubordim, oilamni boqishga pul topolmayman. Avliyo daryodan tilla bolta chiqarib so`radi: — Bu senikimi? — Yo`q, bu mening boltammas. Avliyo daryodan kumush boltani chiqarib so`radi: — Bu senikimi? — Yo`q, bu mening boltammas. Nihoyat, avliyo daryodan temir boltani chiqarib so`radi: — Balki bu senikidir? — Ha, bu mening boltam, xursand bo`lib ketdi daraxt kesuvchi. — Halol, to`g`riso`z odamligingni ko`rib turibman. Uchala boltani ham mukofot sifatida o`zingga o