Ota bo‘lib angladim
Buzrukvorim holini
Farzandlarin to‘q, butun
O‘stirmoqlik korini
Yemasa-da, yedirib
Kiymasa ham kiydirib
Ko‘rgan mehnat-mashaqqatin
Ko‘rdirmaslik sa'yini
Onalardan kam emas
Padarlar harakati
Rasul akram aytmishlar
Ulug‘dir ota haqi
Doim olib yuraylik
Ularning oq duosin,
Toki ikki dunyoda
Alloh bizni qo‘llasin!