Imron ibn Husayndan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Odamning yaratilishidan to Qiyomat qoyimga qadar Dajjol (fitnasi)dan kattaroq (fitna) yo‘q» (Muslim rivoyati).
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Me’roj kechasida bir dengizni ko‘rdim, uning miqdorini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Uning qirg‘og‘ida qush suratidagi bir farishta o‘tirardi. Uning yetmish mingta qanoti bor. Agar banda: «Subhonalloh», desa, joyidan qo‘zg‘aladi, agar: «Alhamdulillah», desa, qanotini yozadi va: «La-a ilaha illalloh», desa, uchadi, «Allohu akbar» deganda, o‘zini dengizga tashlaydi, agar: «La-a havla va la-a quvvata illa billahil aliyyil ‘aziym», desa, dengizdan chiqadi-da, qanotlarini silkitadi, har bir qanotidan yetmish mingta tomchi tushadi. Har bir tomchidan Alloh bittadan farishta yaratadi. Bu faris