Nokas o`zi to`ysa ham, Ko`zi to`ymas deydilar.
Boq bir yorug` olamga —Kimlar zo`rg`a kun ko`rar. Odamlar bor, bog`dagi Bulbuldan ham pul so`rar.
Yolg`on dunyo — bu dunyo, Arzon dunyo — bu dunyo. Ne-ne hokim, beklardan Qolgan dunyo — bu dunyo.
Kiprikdan ham qisqadir Molu dunyo yo`llari. Ibrat bo`lsin Iskandar Ochiq ketgan qo`llari!..
Uzat deysan, ber deysan, Hech qo`ymading odamzod. Tuya to`ydi, fil to`ydi, Sen to`ymading, odamzod.
Shukr qilar hattoki Qumursqa-parrandalar. Shukr deysan sen qachon, Xom sut emgan bandalar?..
Bu uch kunlik dunyoda Savlatigga kerilma. Qasr qurma, bog` qoldir, Davlatingga kerilma.
O`z elingni qaqshatsang, Xor bo`lasan o`zing ham. Bir kun shu el mehriga Zor bo`lasan o`zing ham
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев