Ne ne xayol bilan yòlga otlangan.
Sendan umidlanib yuradi doim.
Yuragi quvonchni butkul unutgan.
Musofir bandangni asra xudoyim
Ota onasiyu vatandan yiroq.
Farzandi jigarbandi yoridan yiroq.
Soģinch azoblari bunchalar qiynoq.
Musofir bandangni asra xudoyim.
Tòrt kunlik dunyoning sinovlari kòp.
Ey dòstim sabrli bòl sòzim tingla xòp.
Hali dunyoda darvru davron kòp.
Musofir bandangni asra xudoyim.
Bir lahza bir on ham òzin òylamay.
Yuragi tòla dard lekin yiģlamay.
Xudodan hech qachon umidin uzmay.
Sendan umidvorlar kòpdir xudoyim.
Musofir bandangni asra xudoyim.
Saqlay deb or nomus gururin bilib.
Gohida kelganda gamlarni sevib.
Dardin tòkib sochar senga ishinib.
Musofir bandangni asra xudoyim.
Sabrder sabrdan toģ barpo qilgan.
Soģinch yoshlarini ichiga yutgan.
Har kun farzandini xayolda quchgan.
Musofir bandangni asra xudoyim.
Dil tòla dard fiģon bedor kechalar.
Diydor onlarini kutar qanchalar.
Eslasa soģinchi oshar shunchalar.
Musofir badangni asra xudoyim.
Hech kimsa bekorga musofir emas.
Har kimning dardi bor muammosi bor.
Òzga yurtga kelish orzu ham emas.
Dillarda yashirin bir sadosi bor.
Faqat xudo deya yashaydi doim.
Musofir bandangni asra xudoim.
Muallif: ✏ Dilshod R
08/09/2018
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1