Ishonchsiz dunyongda qolib netaman?
Endi birlashmayin o'tar qalbimiz.
Men seni baribir tashlab ketaman....
Xasta yuragimda jon bergan mexr.
Qara muxabbatdan asar qolmagan.
Unda na sevgi bor, na qolgan sexr.
Men seni baribir, tashlab ketaman.
Qo'y endi, eslatma o'tgan damlarni.
Sog'inchning o'tida yonsa yuraging.
Ortimda qoldirib, so'ngsiz yo'llarni.
Men seni bir kuni tashlab ketaman...
Unuta olmaysan, eslashing azob.
Aytgin mensizlikka qanday ko'nasan?
Ming suyib, ming bora chorlagin biroq.
Men seni baribir, tashlab ketaman....
Yo'lim olis, ortga qaytmog'im gumon.
Kelishim zor kutib, bo'zlab o'tasan.
Menchi dardlarimni yutib jimgina.
Seni bir umrga tashlab ketaman.....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев