birida faqir bir oila
yashardi. Er-xotin va 8
yoshli bolakay. Ota-ona
kun böyi ishda, bolakay
esa uyda yolg'iz o'tirardi.
Bola har kuni soatlab
oltinchi qavat
derazasidan pastga -
bolalar maydonchasida
velosiped minib yurgan
tengdoshlariga xavas
bilan qarab o'tirardi.
ўтирарди. U ham
özining shunaqa
velosipedi bölishini orzu
qilardi. Lekin oilada bu
orzuni amalga oshirish
uchun na pul, na vaqt va
hattoki bolaning orzusini
eshitadigan kishi ham
yöq edi. Bolakay oilasini
velosiped sotib olish
bilan qiynab qöyishini
anglar, lekin uning bu
orzusi juda kuchli edi. Bir
kuni u onasining "Xudo
mehribon, chin dildan
nimaiki sörasang
albatta beradi" degan
sözlarini esladi. Qog'oz,
ruchka olib, qog'ozlarni
yuzlab, minglab
bölaklarga böldi va har
bir qog'oz parchasiga:
"Ey Хudoyim, menga
velosiped ber" deb yozib
chiqdi. Bolakay o'zining
chin qalbdan tilagan
orzusi yozilgan qog'oz
parchalarini oltinchi
qavat derazasidan bir-
bir tashqariga socha
boshladi. U "Хudoga
qog'ozlarimning biri
bölmasa biri albatta
yetib boradi va Xudoning
menga rahmi kelib
menga velosiped
yuboradi" deb qalbdan
ishonardi. Kunlar o'tib
borar, bola har kuni
qog'ozchalarni
derazadan sochardi.
Uning hayoli faqat shu
ishda bölib qolgandi.
Qog'ozlar tugasa
yangisiga yozishni
boshlardi, darslik
daftarlargacha sarf qildi.
Bolakay boshqa hamma
narsani unutib,
telbalarcha qog'ozlarni
yirtar, yozar va
derazadan uloqtirardi.
Bazan qog'ozlarga
ruchka siyohiga
bolakayning qop-qora
ko'zlaridan
tomchilayotgan yoshlar
qo'shilib ketardi. Kunlar
o'taverardi, bolakay har
kuni tongda "Bugun
Xudoga qog'ozim yetib
boradi" degan umid bilan
yangi ruhda ishini
boshlardi. Va nihoyat bir
kuni eshik taqilladi.
Ochsa, 45 yoshlardagi
chiroyli kiyingan bir
erkak kishi qölida bola
chin dildan erishishni
istagan, har kuni
tushida körib chiqadigan
velosiped bilan turardi.
Kishining ko'zlarida
allaqanday mungli
jilmayish zohir edi. U
yengil xo'rsinib
velosipedni bolaga
uzatdi. "Qog'ozing
Xudoga yetib bordi,
o'g'lim, bu senga, maza
qilib min..." Bolakay nima
deyishini bilmasdi. Kishi
zina tomon yurib
ketarkan ortiga o'girildi,
uning yuziga bir tomchi
yosh dumaladi. U
bolakayga yuzlandi:
"Endi Xudodan, bir
martagina shu
velosipedni olib kelgan
amakiga ham farzand
ber deb so'ragin,
xöpmi..."
(Manba: "Hayotiy eng
sara statuslar")
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1