18-yanvar. 2018....
Yana ichim yondi,
Yana yutdim qon,
Olovda jon berdi musofir millat!
Ruhim chökmagandi,
Shunday
Hech qachon-
Yo, Alloh, sabr ber!
Izlay ne HIKMAT?!
Ular yöl olmagan
kayf-u safoga,
Böyniga musofir jandasin ilib.
52 döstim,
jigarim,
jonim-
Qanday ham ketding-a,
Köksimni tilib...
Ufqlar qoraydi,
Toraydi osmon...
Sig'may ketayapman
Zamin-u kökka.
Bag'rimga muz qöying,
Ona, Onajon,
Yana ne taskin bor,
chorasi yöqqa?!
52 döstim,
Jigarim,
Jonim,
Nelarni öylading olov ichida?
Mushtipar onangmi,
Yo gödak bolang...
Kun qisqa...
Izg'irin...
Sovuq qishida...
Yo, Alloh!
Sabr ber, matonat, ajr,
Bosib ötmoqdamiz taqdir yöllarin!
Kulfatda sinalib
SINMASLIK UCHUN,
Sen Özing qöllagin!
Özing qöllagin!!!
BAHRIDDIN MUHAMMAD
Каналга уланиш учун линкни устига босинг!👇👇👇👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAD9jomiTu2vPxbj7Yw
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев