etmoqda O‘zbekistonlik yosh va iste’dodli pianinochi
Bekzod Abduraimov Fransiyaning Monpelye
shahrida o‘tkazilgan Radio France festivali
sensatsiyasi deb ataldi, deya xabar berdi Farishta.uz . Foto: farishta.uz 23 yoshli Bekzod Abduraimov Toshkentda
tug‘ilgan. Onasi musiqa maktabida o‘qituvchi,
otasi fizik olim. U 6 yoshidan boshlab musiqa
bilan shug‘ullangan. Bekzod Uspenskiy
maktabida fortepiano darslaridan saboq olib,
2007-yilda o‘qishni davom ettirish uchun AQShga jo‘nab ketgan. U yerdagi Kanzas Park-
Universiteti qoshidagi Musiqa Markazida
toshkentlik Stanislav Yudenich qo‘lida o‘qigan. Bunday tirishqoqlik bilan o‘qish o‘z samarasini
bermay qolmadi: 2009-yilda Londondagi
Pianinochilar xalqaro tanlovida g‘oliblikni qo‘lga
kiritdi. Ayni paytda Bekzod Ispaniyada o‘z konsert
dasturini taqdim etmoqda.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев