1. 🍃 Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam yolg‘on so‘zlamasdilar, ko‘zbo‘yamachilik qilmasdilar va aldamasdilar.
2. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam odamlarni g‘iybat qilmasdilar va ularning obro‘larini to‘kmasdilar.
3. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam tungi tahajjudni o‘qiyman deb oyoqlari shishib ketar edi.
4. 🍃 Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam bag‘ritosh va qo‘pol bo‘lmaganlar.
5. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam kattaga hurmat va kichikka izzatda edilar.
6. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam qo‘shnilariga ozor bermasdilar.
7. 🍃 Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning qalblarida zarra miqdoricha takabburlik va kekkayish yo‘q edi.
8. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam yomonlik qilgan kishini kechirib, u bilan qasdlashmasdilar.
9. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam qadarning yaxshi va yomoniga iymon keltirib, shikoyat qilmasdilar.
10. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam odamlar orasini haq bilan va yaxshi so‘z orqali isloh qilardilar.
10. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam rostgo‘y va ishonchli edilar.
🍃Siz ham Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning xulqlari bilan xulqlanib, u zot kabi xulq egasi bo‘lishga harakat qiling.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1