Osmon yig‘lar, go‘yoki mening
Qismatimga achinar,
Soat sayin bu umrimning
So‘nggi oni yaqinlashar.
Meni jonidan sevgan azizim,
Kutgan baxting berolmayman,
Seni mendek chin dilidan sevar,
Sodiq yurakka beraman.
Ulgurmadim qadrdonlarga
Burchni ado etishga,
Ulguray lekin sal bo‘lsa ham,
Mehrini soldirishga,
Toki ular hech ozor chekmasin
Bevaqt judolikdan.
Mehribonlarim, hayotingizdan
Ketsam edi bilinmasdan.
O hayot, o hayot,
To‘ymadim senga, hayot.
Ayirar qismat
Shirin bag‘ringdan,
Tayyorman bunga, hayot,
O hayot, o hayot
(((((((((((((((((((((((((((((((((((