Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarida Mudofaa vazirligi sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, Vatanimiz bayrog‘ini yana bir bor baland ko‘tardi.
Qurolli Kuchlar xizmatchisi, iste’dodli qilichboz Shahzoda Egamberdieva shpaga dasturida bo‘yicha yuqori mahorat va matonat namoyish etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, yengil atletikaning bosqon uloqtirish dasturida Mudofaa vazirligi sportchisi Zarina Nosirjonova yuqori natija qayd etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Mudofaa vazirligi sportchilarimizni qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklab, kelajakdagi faoliyatlarida yanada yorqin g‘alabalar tilab qoladi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев