Предыдущая публикация
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Mudofaa vazirligi sport markazi sportchisi kichik serjant Diyora Keldiyorova faoliyatida ketma-ket ikkinchi bor Jahon chempionatlarining finalida kurashdi. BAAda oʻtayotgan dunyo birinchiligida hamyurtimiz -52 kg vazn toifasining kumush medaliga sazovor boʻldi.
Keldiyorova chempionlik bahsida Olimpiya oʻyinlarining ikki karra sovrindori, italiyalik Odette Juffrida bilan bellashdi. Qiziqarli kurash Juffridaning gʻalabasi bilan yakunlandi va hamyurtimiz ikkinchi oʻrin bilan cheklandi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1