Treklarim eshitmang boshqa onajon iltimos,
Taqdir qayg'u deganin o'g'lizga bildi mos!
Qilma degan ishlariz barchasin qildim afsuski,
Va'da qilganlarimdan qildim oz.
Elchi bo'madi, o'g'liz baxshi,
Soldat bo'madi, a bankir bo'magani yaxshi!
Maqtovlar obkemadim, obkeldi
akam bardan,
Obkelolmadim xatto siz bergan mushkambardan.
Yaxshiyam treklarimni eshitmisiz dada,
Sizdaqa bo'laman deya berolmiman va'da,
Sizni har bir so'zizni tinglashar hurmat ila,
O'g'lizni tinglashar faqat bo'lsa o'g'lizda dard!
Erta yot derdiz ona, tong otgunga qadar,
Yozib chiqaman asarim, noto'g'ri
naqadar,
Orzular qilib meni o'ringa belardiz,
Loaqal shu orzularingizdek
ko'ringim kelardi...!
#Naqorat:
Men ham sog'inganman seni,
Qiynalgan kezlaringni sezib.
Joninga tekkan bo'lsam endi
Eshitma meni.
Men ham sog'inganman sizni,
Qiynalgan kezlaringiz sezib,
Joningizga tekkan bo'lsam endi
Eshitmang meni...!
Treklarim eshitma azizam, ishon
kelajak o'tmishni ko'madi,
Bilaman har birimiz
oppoqmasmiz ayblar kam bo'madi,
Derdim: "g'alcha bo'ma dil" lekin,
Nima qimasamda bu o'jar dil o'zga ko'zga hech ko'nmadi.
Treklarim eshitma do'stim, uzur
sanga berganim ko'plarga berdim,
So'ngra bergan hurmatim peshana terda yerdan terdim.
Do'st deganin do'st derdim, ortimdan begana derdi,
Qalbaki bo'b yashash oson ekana bu yerda,
Ammo hamon shiorim random,
Ishonaman tuneldan so'ng kutadi happy end im,
Ko'z oldimda yolg'onchi bo'ldi
fairytale endi,
Yuragim bir chetida yonar "disneyland" im.
Bir nazaring tashla bog'imga,
Yillarim bahorlaring sog'ingan.
Ey yoshligim qumsagan chog'imda,
Bir damga qaytgin quchog'imga...!
#Naqorat:
Men ham sog'inganman seni,
Qiynalgan kezlaringni sezib.
Joninga tekkan bo'lsam endi
Eshitma meni,
Men ham sog'inganman sizni,
Qiynlagan kezlaringiz sezib.
Joningizga tekkan bo'lsam endi
Eshitmang meni....!
#Eshitmang
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7
uzrap.com/load/music/k/konsta/15-1-0-3411