Chevrolet Malibu - bu Chevrolet kompaniyasidan interyerning sifatli qismlari, yuqori xavfsizlik darajasi va birinchi toifali yurish qismi tasnifiga ega bo‘lgan yangi yetakchi sedan. Malibu kuzovining mustahkamligi bo‘yicha o’rta o’lchamdagi boshqa sedanlardan ustun turadi. Shuningdek, yo‘lda harakatni aniq nazorat qilish uchun ajoyib boshqariluvchanlikka ega.
Bundan tashqari, boshqaruv mexanizmining yuksak darajada ishlanganligi ohista harakatlanishni ta'minlaydi.
Chevrolet Malibuning saloni o‘z sinfidagi avtomobillar orasida eng keng va juda qulay ishlangan. Kuzovning kengligi tufayli Malibu yo‘lovchilar va yuk uchun juda katta bo‘shliqni taqdim etadi. Avtomobil tuzilishida maxsus shovqin yutuvchi materiallardan foydalanilgan: old osmalar McPherson va ko‘pdastakli mustaqil ort osmalar, dvigatel esa maxsus izolyatsiya qilingan bo‘lmada joylashgani bois salonga ortiqcha shovqin, umuman kirmaydi.
Yangi Malibu avtomobili dunyo miqyosida yuqori darajaga ko‘tariladi. Ushbu sedan dunyoning 6 mintaqasidagi, deyarli 100 dan ortiq davlatda sotiladi. Avtomobilga yangi tejamkor 4 silindrli, hajmi 2,4 l. bo‘lgan 169 ot kuchi quvvatiga ega dvigatel 6 bosqichli uzatmalar qutisi bilan birga o‘rnatilgani bois, avtomobil yuqori dinamik xususiyatga ega.
EKSTERER
Yangi Malibuning aerodinamik dizayni nafaqat jozibali ko‘rinadi, balki harakatlanish paytida shovqin va silkinishlarning minimum darajaga tushirishda ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, yonilg‘i tejamkorligini ham oshirishga hissa qo‘shadi. Chevrolet Malibuni loyihalashtirishda uning kuzovidagi har bir shiddatkor chiziq va bukilishlar bir vaqtning o‘zida dizaynning ulug‘vor va go‘zalligini ta'minlash bilan birga, avtomobilning dinamik ko‘rsatkichini oshirishga ham xizmat qilishi alohida e'tiborga olingan. Ushbu mujassamlikni avtomobilning kupeni eslatuvchi tashqi ko‘rinishi va har bir qismida uchratish mumkin.
Endi sizga sumka yoki portfelingizdan avtomobil kalitini qidirishga ortiqcha vaqt sarflash uchun hojat yo‘q. Avtomobil eshigini masofadan turib ochishingiz va uskunalar panelidagi birgina tugmachani bosish bilan dvigatelni o‘t oldirishingiz mumkin. Bunday imkoniyat faqat LTZ jamlamdagi avtomobil uchun. Malibuning mustahkam ishlangan kuzovi avtomobil boshqariluvchanligini oshiribgina qolmay, balki haydovchi va yo‘lovchilarni ham ishonchli himoya qiladi.
AVTOMOBILNING ICHKI KO'RINISHI
Chevrolet dizaynerlari Malibu salonida qulaylik va jo‘shqinlikning o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga kelgan noyob muhitni yaratishgan. Bezaklar uchun yuqori sifatli materillarning ishlatilganligi interyerning tabiiyligini oshirgan. Bundan tashqari, avtomobil bir qancha foydali funksiyalar bilan boyitilgan. Misol uchun, ovozli boshqarish imkoniyatiga ega audiotizim rul chambaragiga haydovchi uchun juda qulay qilib joylashtirilgan. Narsalarni qo‘yish uchun mo‘ljallangan ko‘p sonli bo‘lmachalar orasida suriluvchi 7 dyuymli sensorli displeyning orqasida maxsus tirqish mavjudligini alohida ta'kidlash kerak. Bu smartfon yoki iPodingiz uchun eng qulay joydir.
Katta va qulay o‘rindiqlar, keng salon narsalarni qo‘yish uchun ko‘plab bo‘lmachalar - bularning barchasi sizda qoniqish hissini paydo qiladi. Avtomobil tuzilishida foydalanilgan shovqin yutuvchi materiallar, mustaqil osmalar, dvigatel uchun izolyatsiyalangan alohida joy Malibu salonining osoyishta va shinam bo‘lishiga xizmat qiladi.
Aksariyat insonlar avtomobilda ko‘p vaqtini o‘tkazishadi. Shuning uchun o‘rindiqlar dizayni va ularning tuzilishi bunday insonlar uchun g‘oyatda muhim.
Malibu o‘rindiqlari quyidagi xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.
Uzoq safarlarda qulaylikni ta'minlash uchun anatomik yon himoyasi.
O‘rindiqni elektron sozlash imkoniyati tufayli siz rul boshqarish uchun o‘zingizga qulay holatda joylashishingiz mumkin.
Har safar o‘zingizga qulay holatga sozlashga vaqt sarflamasligingiz uchun haydovchi o‘rindig‘ida xotira funksiyasi mavjud.
Malibu haqiqatdan ham o‘zgacha tassurot qoldiruvchi xavfsizlik darajasiga ega. Oltita xavfsizlik yostiqchalari, tortish kuchini nazorat qilish va dinamik mo‘'tadillashtirish tizimi kabi bir qfancha funksiyalar uning xavfsizlik darajasini yangi bosqichga olib chiqqan:
Faol boshqo‘ygichlar (bo‘yin va orqa miya jarohatlanmasligining oldini olish uchun)
Yelkaning pastki qismini himoya qilish uchun ajoyib suyanchiq
Jarohat yetkazmaydigan tepki qismlari
Shinalardagi havo bosimini nazorat qilish tizimi.
TEXNIK TASNIFI
Umumiy ma'lumotlar
Kuzov turi-Sedan
Tortish turi-Old tortma
Eshiklar / o‘rindiqlar-4 / 5
Gabarit o‘lchamlari U/K/B, mm-4865 / 1855/ 1465
Baza,mm-2737
Ol g‘ildiraklar / orqa g‘ildiraklar,mm-1583 / 1585
Yukxona sig‘imi, litr-545
Yonilg‘i baki sig‘imi, litr-73
Kuzov tomiga ruxsat etilgan eng yuqori bosim,kg-100
Avtomobil og‘irligi / To‘liq vazni,kg-1520 / 2100,1539 / 2100,1650 / 2200
Dvigatel va transmissiya
Ekologik xavfsizlik darajasi-Yevro-5
Toifa
Benzinli 2,4
Benzinli 3,0 V6
Ish hajmi,sm.kub-2384,2997
Silindrlar va klapanlar soni-4 / 16, 6 / 24
Eng yuqori quvvati (o.k.) tezlanish-167 / 5800 da, 263 /6900 da,
Eng yuqori burash lahzasi (Nm) tezlanish-225/ 4600 da, 290 / 5600 da,
Silindr diametri,mm-88 / 98, 89 / 80,3
Uzatmalar qutisi-6 bosqichli mexanik, 6 bosqichli avtomat, 6 bosqichli avtomat
Yurish qismi
Old osmalar-mustaqil Mc Pherson
Orqa osmalar-mustaqil, 4-dastakli
Tormoz mexanizmlari
Old va orqa - diskli
G‘ildirak disklari-7.0Jx17 / 8.0Jx18
Shinalar-225/55 R17 / 245/45R18
Foydalanish ko‘rsatkichlari
Yonilg’i sarfi: shahar ichida, l/100 km-10.8, 11.5, 14.4
Yonilg‘i sarfi: shahardan tashqarida, l/100 km - 6.0, 6.0, 6.9
Yonilg‘i sarfi: umumiy, l/100 km-7.8, 8.0, 9.6
Eng yuqori tezligi, km/s-204, 206, 220
0 dan 100 km/s gacha tezlashish, son.- 9.5, 10.2, 7.9
Shovqin o‘tkazmaslik darajasi (eng yuqori), dB-73.8, 72.3, 72.7
Qayrilish diametri,m-11.9
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев