14 noyabr kuni jahon yulduzlari ishtirokida navbatdagi xayriya o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Unda Devid Bekxem sardorligidagi Buyuk Britaniya va Irlandiya jamoasi Zinidin Zidan boshchiligidagi Jahon terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.
Bekxem jamoasiga Ser Aleks Fergyusson murabbiylik qilsa, Zidan jamoasida bu ishni Karlo Anchelotti bajaradi.
Quyida ikkala jamoa safidavmaydonga tushishi kutilayotgan futbolchilar bilan tanishing:
Bekxem jamoasi: Devid Simen, Devid Jeyms, Sol Kempbell, Jon Terri, Fil Nevill, Rio Ferdinand, Jeymi Karrager, Eshli Koul,Niki Batt, Pol Skoulz, Rayan Giggz, Maykl Oven, Endi Koul.
Zidan jamoasi: Edvin van der Sar, Kafu, Fabio Kannavaro, Alessandro Nesta, Luish Figu, Ronaldino, Patrik Viyeyra, Mixail Ballak, Massimo Abrozini, Rober Pires, Duayt York, Patrik Klyuyvert, Ole Gunnar Sulsher, Lendon Donovan.
UNICEF xayriya dasturi doirasida o‘tadigan ushbu o‘yindan tushgan barcha pullar kasallikdan, ocharchilikdan va kambag‘allikdan qiynalayotgan bolalarga taqdim etiladi.
O‘yin Manchester shahridagi"Old Trafford" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 64