Insoniyatning eng yuksak yutug’i bu uning xotirasidir
Aleksandr Smit
Xotira bu inson miyasining asosiy funksiyalaridan biri bo`lib aynan undan to`g`ri foydalanib, uning yordamida biz kunlik ishlarimizni yoki rejalarimizni, axborotlarni , eng muhimi, tanishlarimizni yuzlarini yodda saqlab qolamiz.
Biror narsani anglab yetish uchun uning mag`zini chaqish kerak deyishadi. Xotiramizni yaxshilashni o’rganishdan avval uning qanday qoidalar asosida ishlashini tushunib yetmoq darkor. Quyida xotiramiz haqida asosiy tamoyillar keltirilgan. Ushbu qoidalarni qisqagina mnemonik so’z LIRA ga jamlash mumkin.
L- bu “LOCATION” inglizcha so’zning birinchi harfidan olingan bo’lib u ona tilimizda “makon” degan so`zga tarjima qilinadi. Kundalik hayotimizda biror narsani eslab qolishimiz uchun biz doimo o’zimiz uchun tanish bo’lgan makonni ishlatsak, axborot xotiramizda uzoq vaqt davomida saqlanib qolar ekan. Makon va xotira orasidagi kuchli bog`liqlik, xatto tadqiqotchilar tomonidan ham isbotlangan. Oddiy bir misol, qachonlardir sizda quyidagi vaziyatlardan biri bo`lganmi? Qandaydir qo’shiqni eshitsangiz-u, siz uning musiqasi yordamida birincha marta qayerda eshitganligingiz yodingizga tushgan yoki biror insonni ko’rgan bo`lsangiz uning ismini eslab qolmagandirsiz, lekin uni qayerda ko’rganligingizni osonroq eslab qolgan bo`lishingiz mumkin. Bundan ko`rinib turibdiki, insoniyat miyasi vakum holatda yaxshi eslab qola olmaydi: biror narsani xotiramizda yaxshi saqlab qolish uchun unga makon kerak bo`ladi.Aynan shu Makon tamoyili orqali mashhur Rimlik davlat arbobi Seneka deyarli barcha rimliklarning ismi eslab qolgan ekan va Xotira Saroyi texnikasini asos solgan.
I- bu ham inglizcha “IMAGINATION” ya’ni tasavvur degan so’zdan kelib chiqqan bo’lib, tasavvur aslida, Toni Buzanning so`zi bilan aytganda, miyamizning tili hisoblanadi. Masalan, men sizga muzlatgich so’zini aytsam miyangizda zudlik bilan qandaydir muzlatgichning tasviri paydo bo’ladi. Balkim u uyingizdagi yoki ko’chada ma`lum bir vaqt oldin ko`rgan muzlatgichdir. Buning qayerdaligi muhim emas, muhimi uning tasviri paydo bo’lishidir. Ya’ni bundan ko`rinib turibdiki, miyamiz mana shunday tasvirlar orqali fikrlaydi. Agar sizda yaxshi tasavvur qilish qobilyati bo`lmasa, xotirangiz ham kuchli esda qoldira olmaydi.Eynshteyn gapi bilan aytganimda “Tasavvur bilimdan ko’ra muhimroqdir”
R- bu “REPETITION” ya’ni takrorlash. Takrorlash bu eng oson va barcha uchun tanish bo`lgan usul hisoblanadi. Maktab davrlarimizda bizga o’qituvchimiz she’rni yod olib kelishga bersa, biz shunchaki 10-20 va ba`zan 30 marotaba yaxshilab takrorlash orqali yodlab aytib berar edik. Afsus, lekin yod olgan she`rlarimizning juda ko`pi katta bo’lganimizdan so’ng xotiramizdan o’chib ketadi. Bunga sabab to’gri takrorlashni bilmaganimiz va xotiramizning boshqa prinsiplarini birgalikda uyg’unlashtirib foydalanmaganligimizdir. Kelinglar, tan olaylik kim mana shunday uzoq vaqt talab qiladigan va biz uchun zerikarli bo`lgan quruq takrorlashni yoqtirar edi. Shunga qaramasdan, takrorlash ko`pincha foyda beradi. Xatto Al-Azhar Islomiy o’qishiga kiruvchi qorilar yoki o’zimizdagi ko’pgina masjidlardagi muattar qorilarning hammasi Qur’oni karimdagi oyatlarni 100-200 martalab takrorlash orqali miyasida qoldirib qo’yishadiku?
A - assotsatsiya ya’ni bog’lab olish ma`nosini beradi. Bizning miyamiz bir xuddi assotsatsiyalar qiluvchi mashinadir. Men sizga hozir Ruslan Chagaev deb aytadigan bo’lsam, sizlarda u bilan bo’giq bo’lgan so’zlarning assotsatsiyalari keladi: bokschi, chempion, Valuyev ustidan g`alaba qozongan, Germaniyada, Andijonlik, Jahon chempioni va hokazolar. Vaholanki, bu qoida miyamizning eng muhim qoidalaridan biri hisoblanadi. Siz xohlagan axborotni eslab qolmoqchimisiz, o’ziz biladigan fakt bilan yangi faktni birlashtirib, uni xohlagan muddatgacha eslab qolishingiz mumkin.
Xullas , siz hozir LIRA (Turkiya valutasi bo`lmish Lirami farqi yo’q bu ham sizda assotsatsiya qoldirdi, endi esingizda chiqmaydi) so’zi orqali xotiramizning asosi bo’lgan eng muhim tamoyillarini eslab qoldingiz. Bu qoidalarni anglab yetish judayam muhim bo’lib , keyinchalik aynan shu qoidalarni hayotga tatbiq qilish orqali katta hajmdagi axborotni kichkinagina miyangizga sig’dira olish imkoniyatiga ega bo`lasiz. Ishonavering!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев