toshib,
to'fondek to'xtamay
umr o'tkazdik.
Izzat ilinjida
mansab talashib,
Оdamdek
yashamay umr o'tkazdik.
Topganimiz go'zal qizlar nigohi,
qilgan xadyamizning
bo'lmay adog'i.
Onaizorimizning qabriga gohi,
bitta gul to'shamay umr
o'tkazdik.
Suyganni siylamoq
qo'ldan kelmadi, suymasga suykalib ko'ngil to'lmadi.
Do'st
xolin so'rmoqqa fursat
bo'lmadi,
yo'qladik yo'qlamay
umr o'tkazdik.
Kimgadir ilindik
oltin devorni,
kimdandir
qizg'andik qishda ham qorni.
Qanotiga kirib xudobezorni,
nochorni qo'llamay umr
o'tkazdik.
Iblisni inim deb
quchdik gohida,
arshda
arg'imchoqlar uchdik gohida.
Shayton bilan sharob ichdik gohida,
g'aflatdan bo'shamay
umr o'tkazdik.
O'zdan
o'tganidan o'zimiz ogoh, ikki
yelka to'la bir dunyo gunoh.
Endi nasib etgaymi odamdek
o'lmoq,
odamdek yashamay umr o'tkazdik.
/Muhammad
Yusuf/
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2