Malham izlab kelgum yana o‘zingizga.
Boshim silab bor dardimni olasiz,
Lol qolaman ona sizning sehringizga.
Quyosh tafti yashirinmi dilingizda?
Oy jilvasi shunday go‘zal yuzingizda.
Quyosh deymu, otash deymu, bilolmayman,
O‘xshash bormi, onajonim o‘zingizga?
Do‘stlarim bor, shod kunimda parvonadur,
Yorim esa go‘zal chog‘da devonadur.
Bir zot borki, shod-qayg‘umda yagonadur,
Тa'ma yo‘qdir ona sizning sevgingizda!
O‘zi emay farzandiga qo‘yar ona,
O‘zin emas, dilbandini suyar ona.
Kerak bo‘lsa yuragini o‘yar ona,
Тa'rif bormi onajonim mehringizga?
Siznikidir uyim to‘ri onajonim?
Siznikidir qalbim qo‘ri onajonim.
Тo‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatguvchi jonajonim,
Qiyosni hech topolmayman o‘zingizga.
Halollikni singdirdingiz allangizla,
Sadoqatni o‘rgatdingiz yallangizla.
Bilsam poyingizda ekan jannat ham,
Gul to‘shasam kamdir bosgan izingizga.
Nelar qilsam arzir ekan rizongizga,
Bizlarni deb chekkan zahmat jafongizga?
Fido bo‘lsam teng kelarmi onajonim,
Eru-ko‘kka alishtirmas vafongizga?
Qariganda qo‘lingizda aso bo‘lsam,
Nuri qochsa ko‘zingizga ziyo bo‘lsam.
Elkamdamas, boshga qo‘yib hajga borsam,
Arzirmikan bedor o‘tgan tuningizga?
Nuridiydam uzun bo‘lsin umringiz,
Dilimdadir har bir ibrat so‘zingiz.
Тopolmayin boshin egar qizingiz,
Тo‘lov yo‘qdir bergan oq sutingizga!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев